FVV sovuq tushishi fonida fuqarolarga murojaat qildi
O‘zbekistonliklarga qanday qilib xavfsiz isinish mumkinligi tushuntirildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarga murojaat qilib, ularga sovuq havo fonida xavfsizlik qoidalari haqida eslatdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, uyda isitish moslamalaridan foydalanishdan oldin mo‘rilar va shamollatish panjaralarini o‘rnatish kerak. Shuningdek, ularning sozligi va tozaligi ham tekshiriladi, chunki ularda qushlar uya qurgan yoki turli chiqindilar bilan to‘lib ketgan bo‘lishi mumkin.
FVV quyidagilarga ham chaqirdi:
- nosoz gaz uskunasidan foydalanmaslik;
- xonalarni isitish uchun gaz plitalaridan foydalanmaslik;
- ishlayotgan gaz yonida bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik;
- gaz hidi kelganda chiroqni yoqmaslik yoki o‘chirmaslik, xonani darhol shamollatish;
- sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida gaz ta’minoti xizmatiga xabar berish;
- elektr priborlarini qarovsiz qoldirmaslik;
- xonadan chiqishdan oldin barcha qurilmalarni o‘chirish.
Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida kelin-kuyov to‘yning to‘rtinchi kuni o‘lik holda topilgandi. Taxminlarga ko‘ra, juftlik is gazidan zaharlanib qolgan bo‘lishi mumkin.
Izohlar