12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot tarqaldi. YHXBB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 2025-yil 11-noyabr kuni soat 05:30 da Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida Merhaba kafesi ro‘parasida sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi Spark avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.
Oqibatda haydovchiga shifokorlar yordami kerak bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov boshlandi.
Avvalroq Rossiyada o‘zbekistonliklar boshqa migrantlarga qaraganda ko‘proq YTHga uchrashi xabar qilingandi. Shu bilan birga, haydovchi aybi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar ulushi bo‘yicha Tojikiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda aybdorlik koeffitsiyenti deyarli 65 foizni tashkil etgan O‘zbekiston fuqarolari turibdi.




















