Toshkentda soxta DXX xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
Firibgar tadbirkorga uning tovarini bojxona tekshiruvidan o‘tkazishni osonlashtirishni va’da qildi.

Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Jinoyatchi Bojxona qo‘mitasida ishlovchi tanishlari orqali Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxona nomiga olib kirilgan tovarlarni bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirishni muammosiz amalga oshirishi mumkinligini aytgan.
Firibgar korxona rahbaridan har bir yuk partiyasi uchun 500 dollardan — 1000 dollar miqdorida pora olayotganda qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs xorijdan olib kelinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarining bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirib berishni va’da qilib, korxona rahbaridan oldindan 1000 dollar olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, DXX o‘zbekistonliklarni taqiqlangan “А.У.Е.” harakatiga qo‘shilmaslikka chaqirgan edi. Fuqarolardan o‘z atrof-muhitini kuzatib borish va O‘zbekiston imijiga zarar yetkazmaslik so‘ralgan.
Izohlar