Hodisa

Toshkentda skuter haydovchisi YTHda vafot etdi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Toshkentda Lacetti, skuter va ISUZU yuk mashinasi YTHga uchrab, 19 yoshli skuter haydovchisi vafot etdi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2-avgust kuni Yangihayot tumanidan o‘tuvchi Kichik halqa yo‘lida sodir bo‘lgan. Yo‘lda Lacetti, skuter va ISUZU yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida skuterning 19 yoshli haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda o‘smirlar Gentra haydashga qaror qilgani va halokatli YTHga uchragani haqida xabar berilgandi. Haydovchi beton to‘siqqa urilgan, to‘rt nafar maktab o‘quvchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная