Hodisa

Toshkentda plastik quvurlar ishlab chiqarish sexi yonib ketdi — video

Yong‘in joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib kelgan.

11-sentyabr kuni Toshkentda sex yonib ketdi. Bu haqda guvohlar NOVA24 botiga xabar berishdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in haqidagi xabar 12:40 da kelib tushgan. Yong‘in Yakkasaroy tumani Qushbegi ko‘chasida joylashgan plastik quvurlar ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar soat 12:46 da yetib borgan, yong‘in soat 13:08 da qurshab olingan va soat 13:15 da bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan. Voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar vaziri va FVV boshlig‘i yetib borgan. Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Bunga yoqilg‘i quyish mashinasidan propanni to‘kishdagi texnologik nosozlik sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная