Toshkent xalqaro aeroportida o‘zbekistonlik qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Tailandga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Tailandga 18, 23 va 31 yoshli uch nafar hamyurtimizni jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun yubormoqchi bo‘lgan 53 yoshli ayolni qo‘lga olgan.

Tailandda qo‘lga olingan ayolni uch qiz uchun 5 ming dollar berishga tayyor bo‘lgan sherigi kutib turgan. U yerda jabrlanuvchilar unga uch oy ishlab, intim xizmat ko‘rsatishlari kerak bo‘lardi. Tartib posboniga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent aeroportida odam savdosida gumonlanuvchi ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. U yosh qizga Turkiyada yuqori maoshli ish va’da qilib, u bilan birga chet elga ketishga harakat qilgan.