Hodisa

Toshkentda kompaniya qimmatbaho me’moriy yodgorlikni yo‘q qilib, kanalizatsiya yotqizdi

Aybdorlar o‘nlab milliard so‘m zarar yetkazgan, ular 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Toshkentda kompaniya arxitektura yodgorligini yo‘q qilib, kanalizatsiya yotqizdi va 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Prokuratura tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvda Toshkent shahridagi VI-XV asrlarga oid «Xonobodtepa» arxeologiya yodgorligi hududiga ixtisoslashgan kompaniya tomonidan 257 metr uzunlikdagi kanalizatsiya quvuri yotqizilgani, natijada yodgorlikka 961 m3 hajmda 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Bundan tashqari, ushbu kompaniya ekskavator yordamida yana 160 m3 hajmdagi yodgorlikni qazib olib, yana 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan. Korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Ushbu jinoiy qilmish og‘ir jinoyat hisoblanadi, aybdorlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida arxeologiya yodgorliklariga yuzlab milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. Barcha qonunbuzilish holatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная