Toshkentda erkak uyida noqonuniy ravishda Nil timsohini saqlagani aniqlandi — video
Fuqaro sudralib yuruvchini sovg‘a sifatida olgan va uni kaltakesak deb o‘ylagan.

Toshkentda erkak uyida noqonuniy ravishda Nil timsohini saqlagan, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi axborot xizmati.
Ekologiya vazirligining Davlat ekologik nazorati inspeksiyasi xodimlari uyida Nil timsohini saqlagan fuqaroga nisbatan tekshiruv o‘tkazdi. Erkakka nisbatan 92-moddaning 1-qismi (saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Fuqaro sudralib yuruvchini unga sovg‘a qilishganini aytdi.
Birinchi marta, kechirasiz, bu timsoh ekanligini bilmagan ekanman. U shunchalik kichkina ediki, men uni kaltakesak deb o‘yladim va u o‘sishni boshlaganidan keyin timsoh ekanligini bilib oldim. Menga sovg‘a qilishdi, — dedi erkak.
Ushbu fakt bo‘yicha to‘plangan materiallar sudga yuborildi. Timsoh Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Andijondagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida fuqaro noqonuniy ravishda ikkita bo‘rini saqlagandi. Erkak hayvonlarni o‘z ixtiyori bilan mahalliy hayvonot bog‘iga topshirgan.
Izohlar