Hodisa

Toshkentda Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtobus bekatiga borib urildi

Oqibatda avtomobil haydovchisi va bekatda turgan fuqaroga shifokorlar yordami kerak bo‘lgan.

Фото: Ситуативное

Toshkentda Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtash joyiga borib urilgan, buning oqibatida haydovchi va fuqarolardan biriga tibbiy yordam kerak bo‘lgan, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Voqea 25-sentyabr kuni Olmazor tumani Gulsaroy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Cobalt’ning 38 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan avtobus bekatiga borib urilgan. Hodisa oqibatida transport vositasi haydovchisi va bekatda turgan fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati yuzaga kelgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Mutaxassislar haydovchilarga ehtiyot bo‘lish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, yo‘llarda hushyor bo‘lish, shuningdek, belgilangan tezlikdan oshmaslik kerakligini eslatdi.

Avvalroq Toshkentning qaysi tumanida yo‘l-transport hodisalari ko‘proq sodir bo‘layotgani ma’lum bo‘lgandi. Reytingning oxirida bir necha yuzlab avariyalar sodir bo‘lgan Yangihayot tumani joylashgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная