Toshkentda Cobalt butunlay yonib ketdi
To‘rt kishi jarohatlangan.

Kechasi ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Chilonzor tumanida Cobalt yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar FVB matbuot xizmati izoh berdi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Kichik halqa yo‘lida yong‘in sodir bo‘lgani haqida soat 22:57 da xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari ko‘rsatilgan manzilga soat 23:05 da yetib borib, yong‘in soat 23:07 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Izohlar