Toshkentning Chilonzor tumanida BYD haydovchisi katta tezlikda avtohalokatga uchradi, avtomobil yonib ketdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, voqea 19-noyabr kuni soat 22:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Dilobod” ko‘chasida sodir bo‘lgan. BYD Song Plus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, boshqaruvni yo‘qotgan va YTHga uchragan. Baxtsiz hodisa natijasida avtomobil yonib ketdi.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikasi ko‘rsatilgan manzilga soat 23:04 da yetib borib, yong‘in soat 23:06 da o‘chirilgan. Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda qabriston hududidagi bino yonib ketgandi. Olovni o‘chirish uchun qutqaruvchilarga bir soatdan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.