17-noyabr kuni Toshkentdagi bo‘sh turgan binoda yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt FVB matbuot xizmati.
Voqea soat 17:39 da Mirzo Ulug‘bek tumani Mirishkor ko‘chasidagi “Oltintepa” qabristoni hududidagi bo‘sh turgan binoda sodir bo‘lgan. Ko‘rsatilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:46 da yetib borib, yong‘in soat 18:27 da qurshab olingan va soat 18:44 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Qayd etilishicha, mazkur joyda “Oltintepa” qabristoni hududida joylashgan bo‘sh turgan, xo‘jalik faoliyati uchun foydalanilmayotgan bino yonib ketgan, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Bunga yoqilg‘i quyish mashinasidan propanni to‘kishdagi texnologik nosozlik sabab bo‘lgan.





















