Hodisa

Toshkentda bir qator avtobuslar yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Poytaxt aholisidan marshrutlarni rejalashtirishda o‘zgarishlarni hisobga olish so‘ralgan.

25-sentyabrdan Toshkentda bir nechta avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi, deya xabar qildi poytaxt Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zgarishlar uchta avtobusga ta’sir qiladi.

138-sonli Bunyodkor MFY — Beruniy metro bekati yo‘nalishi:

  • Bunyodkor MFY yo‘nalishida: Shifokorlar — Sog‘lom avlod — THAY — Farobiy ko‘chalari.
  • Beruniy metrosi yo‘nalishida: Farobiy ko‘chasi — THAY — Sog‘lom avlod — Shifokorlar.

13T-sonli Suvsoz mavzesi (stadion) — Toshkent vokzali yo‘nalishi:

  • vokzaldan H. Boyqaro — Chirchiq bo‘yi ko‘chalari (“Kichik sanoat zonasi” bekati) orqali Suvsoz massivi (Stadion) gacha bo‘lgan yo‘nalishda.

1-sonli Humoyun massivi — Toshkent GUM yo‘nalishi:

  • Toshkent DUMdan: Humoyun — A. Yugnakiy — Zumrad ko‘chalari (“Kichik sanoat zonasi” bekati) Humoyun massivigacha bo‘lgan yo‘nalishda.

Poytaxt aholisi va mehmonlaridan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralib, yo‘nalishlarni rejalashtirishda o‘zgarishlarni oldindan hisobga olish so‘raldi.

Avvalroq Toshkentda qurilish ishlari tufayli ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartirilgani haqida xabar berilgandi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan uzr so‘ralib, yo‘nalishlarni oldindan rejalashtirish so‘raldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная