Toshkentda ba’zi aholi bir necha soat chiroqsiz qoladi
Elektr energiyasi kutilgan muddatdan oldin qaytarilishi mumkin.

10-iyul kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi.
Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Uchtepa tumani: “Latif guzar”, “Xo‘jaobod” va “Abdulla Qodiriy” mahallalarida soat 09:00 dan 12:00 gacha.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Avvalroq Andijon viloyatida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi haqida xabar berilgandi. Loyiha Xitoyning China International Capital kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Izohlar