Toshkentda ayrim noqonuniy qurilishlar to‘xtatildi — video
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim obyektlar elektr ta’minotidan uzildi.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ekspertiza xulosalari yo‘qligi sababli qurilish ishlari to‘xtatilgani va ayrim obyektlar elektr tarmog‘idan uzilganini ma’lum qildi.
Tuman vakillarining ishchi guruhi tomonidan tumandagi quyidagi qurilish obyektlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
- “Nejin Parranda” MCHJ tomonidan qurilayotgan 4 ta turar joy majmuasi;
- Vitaliy Nikolayevich Xabarovga tegishli 4 ta turar-joy majmuasi;
- “Stroy-Golden Grand” MCHJga qarashli savdo ofisi;
- Bahodir Tohirovich Mirzaraimovga tegishli kottej qurilishi.
“Kengash xulosasi va ekspertizadan o‘tkazilmagani, shuningdek, texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagani sababli qurilish ishlari to‘xtatilgan va elektr tarmoqlari o‘chirilgan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda “Maxluq uyi”ni buzish boshlangandi. Sud “ajoyib” mehmonxona egasini o‘z hisobidan buzishga majbur qildi, biroq ijro uch yilga cho‘zilgan.
Izohlar