Hodisa

Toshkentda avtobus yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi

Haydovchi jabrlangan erkakni darhol shifokorlar qo‘liga olib borgan.

Toshkentda yana bir avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrab, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi, deb xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati.

Hodisa 2025-yil 18-sentyabr kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi KHAYda sodir bo‘lgan. 62-sonli YUTONG rusumli avtobus haydovchisi yo‘lning ajratuvchi qismiga chiqib, to‘xtab turgan mashinalar orasidan o‘tib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan erkakni urib yuborgan.

Zarba oqibatida erkak bir necha metrga uchib ketgan, avtobusning old oynasi singan. Haydovchi jabrlanuvchini yaqin oradagi tibbiy yordam bo‘limiga olib borib, shifokorlar qo‘liga topshirgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ham vaziyatga qiziqib, surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Mutaxassislar haydovchilarni yo‘lda ehtiyot bo‘lishga va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

Avvalroq Toshkentda avtobus haydovchisi piyodalar o‘tish joyida yosh qizni urib yuborgani haqida xabar berilgandi. Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, haydovchilardan esa ehtiyot bo‘lish so‘ralgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная