Hodisa

Toshkent viloyatida ikki nafar firibgar o‘zboshimchalik bilan birovning qoramolini sotib yubordi

Ikkala jinoyatchi ham firibgarlik uchun sudlangan.

Toshkent viloyatida ikki nafar firibgar mahalliy fuqaroga tegishli qoramolni o‘zboshimchalik bilan sotib yubordi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura axborot xizmati.

Voqea Qibray tumanida sodir bo‘lgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlik uchun ilgari sudlangan ikki fuqaro erkak bilan uning nomidan 131 bosh qoramolni sotishga kelishib olgan. Ular 50 bosh uchun 1 mlrd so‘mni egasiga berib, 37 bosh qoramolni o‘zboshimchalik bilan boshqalarga sotib yuborgan.

Ularning bozor qiymati 814 mln so‘mni tashkil etgan. Shunday qilib, mulkning bir qismi firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir guruh firibgarlar fuqarolarning kartalaridan pul o‘g‘irlagan. Huquqbuzarlar 117 ta kartadan 1 milliard so‘mni o‘g‘irlashga ulgurgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная