Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari qora boshli sa’valarni noqonuniy ovlagan fuqaroni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Voqea Parkent tumani Qiziltosh qishlog‘idagi tog‘li hududda o‘tkazilgan reyd paytida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro to‘r yordamida 8 ta qora boshli sa’vani noqonuniy ovlagan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 90-moddasi 4-qismi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Aybdor huquqbuzarlik quroli va ashyolari musodara qilinib, BHMning 70 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki musodara qilinib, 3 yilgacha ov qilish huquqidan mahrum qilinadi.

To‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Parkent tuman sudiga yuborildi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda brakonerlarga qarshi kurashish oyligi e’lon qilingandi. Fuqarolar qonun buzilishi holatlari haqida xabar berishga chaqirildi.