Hodisa

Surxondaryoda uch nafar brakonyer noyob tog‘ echkisini o‘ldirdi

Ovdan ko‘rilgan ekologik zarar 4,5 milliard so‘mni tashkil etgan.

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Qizil kitobi va CITES ro‘yxatiga kiritilgan noyob tog‘ echkisi – morxo‘rlarni noqonuniy ovlagan uch nafar brakoner qo‘lga olindi. Tabiatga yetkazilgan zarar 4,5 milliard so‘mga baholanmoqda. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Voqea 5-iyul kuni “Surxon” qo‘riqxonasi hududida, Oltiqunlik darasi yaqinida sodir bo‘lgan. Reyd davomida qo‘riqchilar yonbag‘irlarda harakatlanayotgan uch nafar qurollangan erkakni payqab qolishgan. Gumonlanuvchilar sezdirmasdan kuzatuv ostiga olingan — xodimlar durbin va mobil kameralar yordamida sodir bo‘layotgan voqealarni yozib olgan.

Inspektorlar qonunbuzarlar turgan joyga yetib kelishganida, ular allaqachon ikkita qo‘ng‘ir shoxli echkini otib, maydalay boshlashgan edi. Hayvonlar alohida muhofaza qilinadigan turlarga kiradi — ulardan biri taxminan uch yoshli erkak, ikkinchisi taxminan bir yoshli urg‘ochi edi. Buni Termiz davlat universiteti mutaxassislari ham tasdiqladi.

Ushbu ov tufayli yetkazilgan umumiy ekologik zarar 4,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Erkaklar dalillar bilan voqea joyida qo‘lga olingan. Ish bo‘yicha barcha materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная