Surxondaryoda savdo markazi yonib ketdi — video
Qutqaruvchilar yong‘inni deyarli besh soat davomida o‘chirishdi.

4-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda savdo markazidagi yong‘in videosi tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 03:02 da Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani «Bobotog‘» mahallasida joylashgan uch qavatli savdo markazining birinchi va ikkinchi qavatlarida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 03:15 da yetib borib, yong‘in soat 05:10 da qurshab olingan va ikki soatdan ko‘proq vaqtdan so‘ng — soat 07:30 da o‘chirilgan.
Yong‘inni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta suv yetkazib beruvchi texnika jalb etilgan. Kuyish jarohatlari olganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda sintepon ishlab chiqaruvchi fabrikada yong‘in sodir bo‘lgandi. Voqea joyiga poytaxt FVB rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borgan.
Izohlar