Surxondaryoda o‘smirlar Gentra haydashga qaror qildi va halokatli YTHga uchradi
Haydovchi beton to‘siqqa urilgan, to‘rt nafar maktab o‘quvchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

3-iyul kuni Surxondaryo viloyatida o‘smir haydovchi dahshatli yo‘l-transport hodisasiga uchradi — uning to‘rt nafar do‘sti halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB axborot xizmati.
Voqea Oltinsoy tumanida sodir bo‘lgan. Gentra ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida mashina salonida bo‘lgan 4 nafar yigit vafot etgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2006-yilda tug‘ilgan yigit haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan 4 nafar sinfdoshini mashinaga o‘tqazib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan.
“Tezlikni oshirmagan ma’qul. Mashina egasi menga mashinani yuvishni buyurdi. U sayr qilmoqchi ekanligimizni bilmasdi. Rulda o‘tirganimda, shina yorilib ketganini sezmay qoldim, rul o‘ngga keskin tortildi. Shundan keyin hech narsa esimda yo‘q”, — dedi yigit.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada Nexia-3 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, halokatli YTHga uchragandi. Hodisa oqibatida avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan, yana bir fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.
Izohlar