Hodisa

Sirdaryoda o‘quvchi “Do‘stlik” kanalida cho‘kib ketdi

Marhumning jasadi bir sutka davomida qidirilgan.

Фото: Ситуативное

Sirdaryoda o‘smir “Do‘stlik” kanaliga cho‘kib ketdi, deb xabar berdi FVV axborot xizmati.

Voqea 18-may kuni Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasida sodir bo‘lgan. 14 yoshli o‘smir mahalliy kanalda cho‘milib, bedarak yo‘qolgan.

Faqatgina 19-may kuni o‘tkazilgan g‘avvoslik-qutqaruv ishlari natijasida viloyat FVB xodimlari o‘smirning jasadini suvdan olib chiqishdi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi Burjar suv kanalida ikki bolani qutqarmoqchi bo‘lgan erkak cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura tergov boshlagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная