Samarqandda 10-noyabr kuni yengil avtomobil va tez yordam mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Voqea Kattaqo‘rg‘on shahridagi Samarqand va O‘zbekiston ko‘chalari chorrahasida soat 08:30 larda sodir bo‘lgan. Yo‘lda shahar tibbiyot birlashmasiga tegishli tez yordam mashinasi va Lacetti to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida transport vositalariga texnik shikast yetgan, hech kim jabrlanmagan. Baxtsiz hodisa yuzasidan tergov boshlandi. Fuqarolardan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va tezlikni oshirmaslik so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda mototsikl haydovchisi tirbandlik vaqtida tez yordam mashinasi yo‘lini tozalagandi. Erkak jarayonda boshqa haydovchilarga baqirishga va yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lgani uchun uzr so‘radi.























