Hodisa

Samarqandda harakatlanayotgan Tracker avtomobili yonib ketdi — video

Qutqaruvchilar haydovchilarni mashinalarining texnik holatini kuzatib borishga chaqirdi.

27-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan avtomobil videosi tarqaldi. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holatga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 25-iyul kuni soat 16:40 da Samarqand shahrining Al-Xorazmiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yo‘l-yo‘lakay Tracker-2 avtomobili yonib ketgan. Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:43 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:53 da o‘chirilgan. Oqibatda jabrlanganlar yo‘q. Moddiy zararning sababi va miqdori aniqlanmoqda.

“Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi barcha haydovchilardan o‘zlari boshqarayotgan transport vositasining texnik holatini diqqat bilan kuzatib borishni so‘raydi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketgandi. Olov salonni qamrab oldi, guvohlar yong‘inni o‘chirishga yordam berish uchun yaqinlashishga jur’at eta olmagan. Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная