Hodisa

Rossiya Oliy sudi binosi qurilishida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan Mehnat inspeksiyasi va Tergov qo‘mitasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sankt-Peterburgda 23 yoshli o‘zbekistonlik ishchi Rossiya Oliy sudi binosi qurilish maydonchasida 15 metr balandlikdan yiqilib, vafot etdi, deb xabar bermoqda Shimoli-g‘arbiy mintaqalararo mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati.

Hodisa 16-sentyabr kuni sodir bo‘lgan, o‘zbekistonlik qurilish yog‘ochlarida ishlayotganda muvozanatini yo‘qotib, yiqilib tushgan. U olgan jarohatlaridan shifokorlar yetib kelguniga qadar vafot etgan. Tekshiruv marhum va qurilish kompaniyasi o‘rtasida rasmiy mehnat shartnomasi tuzilmaganini ko‘rsatdi.

Ehtimoliy sabablar orasida yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanmaslik, jamoaviy xavfsizlik vositalarining yetishmasligi va balandlikda ishlarni qoniqarsiz tashkil etish ko‘rib chiqilmoqda, — dedi inspeksiya rahbari o‘rinbosari Olga Kazanskaya.

Hozirda holat yuzasidan Mehnat inspeksiyasi va Tergov qo‘mitasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi qurilishda kran qulashi oqibatida ishchi halok bo‘lgandi. Bunga uskunalarni o‘rnatishda texnik talablarga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная