Qozog‘istonda temir-tersak qabul qilish joyidagi portlash uch nafar o‘zbekistonlikning hayotiga zomin bo‘ldi
Tergov favqulodda hodisa sabablarini aniqlamoqda.

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida fojia yuz berdi — metall qabul qilish punktida kuchli portlash oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Hodisa 11-sentyabr kuni Ili tumani Boyserke qishlog‘ida joylashgan LGN Metal korxonasida sodir bo‘lgan. Ma’lumotni O‘zbekiston Migratsiya agentligi tasdiqladi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, favqulodda hodisa temir-tersak tushirish paytida sodir bo‘lgan. Maydon egasi Amirbek Sherbayevning taxmin qilishicha, topshirilgan metall orasida eski o‘q-dorilar yoki omborlardagi minalar bo‘lishi mumkin.
Odamlar o‘limi bo‘yicha politsiya mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish bo‘yicha jinoiy ish ochdi. Voqea joyida huquq-tartibot idoralari va maxsus xizmatlar o‘z ishini davom ettirmoqda.
Migratsiya idorasi jasadlarni vatanga jo‘natish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmoqda. Halok bo‘lganlarning oilalariga biriktirilgan xodimlar yordam ko‘rsatmoqda.
Izohlar