Qoraqalpog‘istonda er xotinini sochidan tortib, o‘ldirish bilan tahdid qildi
Prokuratura janjalga rashk sabab bo‘lganini aniqlab, ishni o‘z nazoratiga olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda erkakning qo‘lida pichoq va noma’lum ichimlik solingan shisha bilan “O‘ldiraman” deb ayolning sochidan ushlab turgani aks etgan kadrlar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasi holatga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 22-avgust kuni To‘rtko‘l tumanida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining aniqlashicha, videoyozuvga tushib qolgan mojaro er-xotin o‘rtasida rashk tufayli kelib chiqqan janjal tufayli sodir bo‘lgan.
Tartib posbonlarining ta’kidlashicha, ish viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari qonuniy qaror qabul qiladi.
Avvalroq Toshkent viloyatida qo‘lida pichoq ushlagan erkak turmush o‘rtog‘ini kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Ayol janjal paytida erining mashinasi shinalarini teshib qo‘ygan, shundan so‘ng erkak unga musht o‘qtalgan.
Izohlar