Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi yuk mashinasi haydab ketayotganda qo‘lga olindi — video
Profilaktika inspektorlari yigit bilan suhbat o‘tkazib, uning ota-onasiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi yuk mashinasi ruliga o‘tirgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi .
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tekshiruv o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi haqiqatan ham yuk mashinasini boshqarganini aniqladi. Yuk mashinasi egasining so‘zlariga ko‘ra, erkak Angrendan Qashqadaryoga kelib to‘xtagan. Shunda uning yonida o‘tirgan jiyani ruxsatsiz boshqaruvni o‘z qo‘liga oldi.
Profilaktika inspektorlari yigit bilan suhbat o‘tkazib, uning ota-onasiga nisbatan tegishli moddalar bilan bayonnoma rasmiylashtirgan. Transportni jarima maydoniga jo‘natishdi.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda o‘smirlar Gentra haydashga qaror qilib, halokatli YTHga uchragandi. Haydovchi beton to‘siqqa urilgan, to‘rt nafar maktab o‘quvchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Izohlar