Qashqadaryoda noma’lum fuqaro choyxona avtoturargohidan avtomashinani haydab ketdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Hodisa tunda, haydovchi choyxonaga kelib, Nexia-2 avtomobilini avtoturargohda ochiq qoldirgan vaqtda sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, erkak mashinaning kalitini o‘t oldirish qulfida qoldirgan. Oradan vaqt o‘tib, fuqaro qaytib kelib qarasa, mashina joyida yo‘q ekan. U darhol huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi.

IIB xodimlari voqea joyiga yetib borgan va o‘g‘rini qidirish bo‘yicha tezkor tadbir boshlangan. Avtomobil o‘sha kuniyoq topildi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Termizda o‘smir avtomobilni sotib, qarzlarini yopish uchun uni o‘g‘irlab ketgan edi. Yigit haydovchi do‘konga kirish uchun mashinadan tushgan vaqtdan foydalangan.