Hodisa

Qashqadaryoda ayol mast erini pichoqlab o‘ldirdi

Erkak uyga mehmonlarni yig‘gan, shundan so‘ng qizi va xotinini kamsitib, haqorat qila boshlagan.

10-fevral kuni Qashqadaryo viloyatida turmush o‘rtog‘i o‘zini va qizini haqorat qilgan mast erini pichoqlab o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Hodisa Kasbi shahrida tunda sodir bo‘lgan. Mehnat migratsiyasidan vataniga qaytgan erkak qarindoshlarini kechki ovqatga taklif qildi. Ichkilikka ruju qo‘yib, qattiq mast holda xotini va qizini mehmonlar oldida xo‘rlab, haqoratlay boshladi. Mehmonlar mojaroga aralashishni istamay, uylariga ketishdi, biroq erkak tinchlanmadi.

Janjal yarim kechagacha davom etdi. Janjal paytida ayol oshxona pichog‘ini olib, erining bo‘yin qismiga ikki marta zarba bergan.

U meni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Men qizimning sha’nini himoya qilmoqchi edim, ataylab qilmadim. Iltimos, kechiring, hammadan kechirim so‘rayman, – dedi ayblanuvchi.

Ayol 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Aynan qaysi moddalar bo‘yicha – ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada erkak tushida xotinining xiyonatini ko‘rib, uni pichoqlab o‘ldirgan edi. Ayblanuvchi «shunday qilish xavfsizroq» deb o‘ylab, pichoq bilan uxlagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная