Surxondaryoda pensioner jarima maydonchasida fohishaxona tashkil qildi — video
Avtomobillarni vaqtincha saqlash maydonchasi qo‘riqchisi ikki kishiga pul evaziga xona ajratib bergan.

15-iyul kuni Surxondaryo viloyatida 70 yoshli jarima maydonchasi qo‘riqchisi fohishaxona tashkil qildi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.
Ish hujjatlariga ko‘ra, voqea soat 17:00 da Bandixon tumanida sodir bo‘lgan. 1956-yilda tug‘ilgan jarima maydonchasi qo‘riqchisi oldiga ikki nafar fuqaro kelib, ishqiy munosabatda ekanliklarini ma’lum qilishgan. Ular 200 ming so‘m evaziga jinsiy aloqa uchun joy tashkil etishni so‘rashdi.
Erkak rozi bo‘lib, fuqarolarga tashqaridan qulflangan xonani ajratib berdi. Ayblanuvchi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. U Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (Qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlash) bilan aybdor deb topildi. Erkak bir yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda bir ayol tug‘ruqxonada fohishaxona tashkil qilgandi. “Tadbirkor ayol” endi to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izohlar