Hodisa

Qashqadaryoda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi — video

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

16-iyul kuni Qashqadaryo viloyatidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Ko‘kdala tumani “Oltin dala” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in haqida soat 14:40 da xabar kelib tushgan va soat 14:45 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:35 da to‘liq bartaraf etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda mutaxassislar yong‘in sabablarini aniqlab, yetkazilgan zarar miqdorini hisoblamoqda.

Avvalroq Toshkentda rekonstruksiya qilinayotgan binoda yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Poytaxt osmonini quyuq qora tutun qoplagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная