Hodisa

O‘zbekistonda ikki nafar soliqchi pora bilan qo‘lga tushdi

Ularga nisbatan bir necha moddalar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Фото: Ситуативное

Andijon va Surxondaryo viloyatlarida soliq boshqarmasi inspektorlari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Andijonda Soliq boshqarmasi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi katta inspektori Oltinko‘l tumanidagi radio va teleapparatura savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbariga soliq hisobotida tovarlar realizatsiyasi noto‘g‘ri aks ettirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, shu munosabat bilan katta miqdorda qo‘shimcha soliq hisoblanib, tekshiruv o‘tkaziladi.

Shundan so‘ng u 3 ming dollar evaziga tekshiruv o‘tkazmaslikka va’da bergan. Inspektor avans sifatida tadbirkordan 500 dollar oldi. Qolgan pulni olgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Surxondaryoda 2,5 ming dollarni olgan vaqtida Soliq boshqarmasi Soliq organlari faoliyatini nazorat qilish bo‘limi katta inspektori ushlandi. Shuningdek, xodim Jarqo‘rg‘on tumanida mototsikl va ehtiyot qismlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonaga hamkasblari orqali tekshiruv o‘tkazish bilan tahdid qilgan. U tadbirkordan 2,5 ming dollar undirishni boshlagan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi (Pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq Jizzaxda tuman hokimi o‘n ming dollar pora bilan qo‘lga olingandi. Amaldor o‘ziga bo‘ysunuvchi shaxs orqali ko‘p qavatli uylar qurishga yer maydoni ajratgani uchun pul olgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная