O‘zbekistonda 4 balli zilzila qayd etildi
Seysmomonitoring xizmati voqea tafsilotlarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda 6-iyul kuni zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Buxoro viloyatining cho‘l hududida soat 20:16 da 4 ball va 3,8 magnitudali silkinishlar qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Yer silkinishlarining tarqalishi:
- Gazli shahrida 2 ball, 36 km;
- Qorako‘l tumanida 2 ball, 49 km;
- Peshku tumanida 2 ball, 52 km.
“Zilzila oqibatida vayronagarchilik va jabrlanganlar yo‘q”, — deb xabar berdi Buxoro viloyati FVB.
2024-yil oktyabr oyida Buxoro aeroporti zilzilaga tayyorgarlik ko‘rdi. Mashg‘ulotlar davomida Afg‘onistondan 6-7 balli zilzilalar oqibatlari modellashtirildi.
Mavzuga doir: Muqarrar zilzila: seysmologlar Toshkentdagi vayronagarchiliklar modelini hisoblamoqda. Raqamli imitatsiya eng xavfli joylar va binolarni aniqlaydi, bu esa ofat yuz bergan taqdirda tayyorgarlik ko‘rish va yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi.
Izohlar