10-sentyabr kuni Nukusda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar chog‘ida 10 nafarga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi, deb xabar bermoqda O‘zA Milliy gvardiyaga tayanib.
Voqea Nukusdagi o‘quv poligonida sodir bo‘lgan. Mashg‘ulot paytida o‘quv mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan portlovchi qurilmaning detonatsiya shnuri ishga tushdi. Portlash oqibatida 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajada tan jarohati olgan.
Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ayni paytda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida harbiy xizmatchilarning salomatligi tiklanmoqda. Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Mutasaddi rahbarlar o‘rganish va surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.





















