“Liverpul” futbolchisi Diogu Jota Ispaniyada YTHda vafot etdi
Avtohalokat vaqtida sportchi professional futbolchi bo‘lgan ukasi bilan birga bo‘lgan.

Angliyaning “Liverpul” klubi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Diogu Jota Ispaniya g‘arbida sodir bo‘lgan YTHda vafot etdi, deya xabar bermoqda Marca.
Avariya A-52 yo‘lining 65-kilometrida, Samora provinsiyasining Palasios-de-Sanabriya munitsipaliteti yaqinida sodir bo‘lgan. 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 28 yoshli hujumchi bo‘lgan avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan va yong‘in kelib chiqqan. Avtomobil yong‘in ichida qolgan va yon atrofdagi o‘simliklarga ham o‘tgan.
Jotu avtomobilda 26 yoshli ukasi Andre bilan birga bo‘lgan. U professional futbolchi ham edi. Andre “Penafiel” futbolchisi edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek futbol klubini “Manchester Siti” xo‘jayinlari sotib olishi mumkin. Abduqodir Husanov sotib olingach, dunyoda o‘zbek futboliga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshgan.
Izohlar