Jizzaxda bedarak yo‘qolgan bola o‘lik holda topildi
Ikki yoshli bola YTH qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

23-iyun kuni Jizzaxda ikki yoshli bola bedarak yo‘qoldi, shundan so‘ng qutqaruvchilar uni o‘lik holda topdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bola ota-onasi bilan Xorazmdan Jizzaxga kelgan, shundan so‘ng bedarak yo‘qolgan. Bolani topganlarga 20 mln so‘m mukofot va’da qilingan. 6-iyul kuni bola topilgan, biroq u vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Maqolaga ko‘ra, bola avtohalokat qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aybdor 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda bedarak yo‘qolgan 9 yoshli qizchaning jasadi O‘zbekistonda topilgandi. Ikki davlat qutqaruvchilari va g‘avvoslari uni bir oydan ortiq vaqt davomida Sirdaryoda qidirishdi.
Izohlar