Hodisa

Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot parvozdan bir soat o‘tib aeroportga qaytdi

Balandlikka ko‘tarilgandan so‘ng havo kemasi saloni va kabinasidagi beqaror bosim signalizatsiyasi ishga tushdi.

Фото: Ситуативное

28-iyul kuni Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot texnik nosozliklar tufayli parvozdan bir soat o‘tib aeroportga qaytdi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Istanbul—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY272 reysini amalga oshirayotgan UK67003 havo kemasi balandlikka ko‘tarilgandan so‘ng, havoga ko‘tarilganidan bir soat o‘tgach, 350- eshelonda havo kemasi saloni va kabinasida beqaror bosim signalizatsiyasi ishga tushdi. Parvoz xavfsizligini ta’minlash uchun havo kemasi komandiri samolyotni uchish aeroportiga qaytarishga qaror qildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 15:50 da samolyot Istanbul aeroportiga eson-omon qo‘ndi. Aviakompaniyaning texnik xizmatlari tomonidan samolyotni Toshkentdagi bazaga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu reys yo‘lovchilari zaxira havo kemasida Toshkentga olib kelinadi va kutish davrida mehmonxonaga joylashtiriladi.

HY8272 olib ketish reysi 29-iyul kuni quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Istanbuldan uchish soat 07:30 da, 29-iyul;
  • 29-iyul kuni soat 13:35 da Toshkentga yetib keladi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda American Airlines samolyoti to‘g‘ridan-to‘g‘ri havoga ko‘tarilish vaqtida yonib ketgandi. Samolyot bortida 173 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ularning barchasi zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная