Sirdaryoda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qorovuli bezorilik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.
Voqea 21-sentyabr kuni Guliston shahrida sodir bo‘lgan. Guliston davlat universiteti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyining 63 yoshli qorovuli tashrif buyurgan talaba qizga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etib, uning yelkasi va qo‘lidan ushlagan.
Sudda ayblanuvchi qizning yelkasidan “o‘zining bolasidek” ushlab, chetga chiqishini so‘raganini, hech qanday uyatsiz harakat qilmaganini aytdi. Sud qarori bilan muzey qorovuli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topildi. Unga 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Mavzuga doir: “Eringiz g‘azablanganida, gap qaytarmang”: Millar reportajlarida oiladagi zo‘ravonlik oqlandi Jurnalist ikki ayolning shafqatsizlarcha o‘ldirilishi haqidagi materialida jabrlanuvchilarni aybladi.



















