Hodisa

Metroda notanish qizga tegajog‘lik qilgan yigit besh sutkaga qamaldi

Sudda ayblanuvchi endi bunday harakatlarni takrorlamaslikka va’da berdi.

Фото: Ситуативное

Toshkent metrosida yigit yo‘lovchi ayolning pastki qismiga tegib ketgan va 5 sutkaga qamaldi.

Hodisa taxminan soat 23:50 da “Paxtakor” bekatidagi metro poyezdi vagonida sodir bo‘lgan. 23 yoshli yigit notanish qizning pastki qismiga qo‘l tekkizgan. Sudda ayblanuvchi pushaymon bo‘lib, boshqa bunday qilmaslikka va’da berdi va suddan afv etishni so‘radi.

U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topilgan. Sud yigitga 5 sutka qamoq jazosini tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida mast erkak qo‘shnisiga tegajog‘lik qilib, panjara ortiga tushgandi. Sud jinoyatchini besh sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная