Hodisa

Farg‘onada organ xodimi cho‘kayotgan qizning hayotini saqlab qoldi

Erkak fuqaroni suvdan olib chiqib, voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatgan.

6-avgust kuni Farg‘ona viloyatida IIB xodimi cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Hodisa taxminan 13:00 da sodir bo‘lgan. Qo‘riqlash xizmati xodimi, kichik serjant Sherzod Odilov Rishton tumani “Zodiyon” qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona suv kanalida cho‘kib ketayotgan qizni ko‘rib qoladi va zudlik bilan uni suvdan chiqarib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan. Tuman tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning sog‘lig‘i yaxshi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Hindistonga uchayotgan yo‘lovchini qutqarib qolgandi. Ayol yuragining tez urishi, bezovtalik va ahvolining yomonlashganidan shikoyat qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная