Buxoroda to‘rt kishidan iborat oila, tergovning dastlabki versiyasiga ko‘ra, noma’lum moddadan zaharlanish oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 23-noyabr kuni mahalliy xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. 43 yoshli oila boshlig‘i, IIB xodimi, uning 40 yoshli turmush o‘rtog‘i va ikki nafar voyaga yetmagan qizlari o‘z uyida o‘lik holda topilgan.

Tergovning dastlabki versiyasiga ko‘ra, o‘lim sababi noma’lum etiologiyali zaharlanish natijasida yuzaga kelgan o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi bo‘lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida is gazidan zaharlanish oqibatida bir ayol vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i shifoxonaga yotqizilgan.