Ayrim toshkentliklar podstansiyalardagi ortiqcha yuklamalar tufayli elektr ta’minotisiz qoldi
Ikki soat ichida elektr ta’minotini tiklashga va’da berishmoqda.

23-iyul kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
“RP Oqtosh-2” va “F. Noviy put-2” podstansiyalarida ortiqcha yuklama sababli quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
- Yashnobod tumani: Bo‘yqo‘rg‘on mahallasi, Toshselmash mahallasi, Nafas ko‘chasi, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, Yangi Bozor ko‘chasi, Botkin ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi va Muxtor Ashrafiy ko‘chasi.
Hozirda podstansiyalarda yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Elektr ta’minoti 2 soat ichida to‘liq tiklanishi kutilmoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistonda birinchi marta yozda elektr energiyasi iste’moli qishki ko‘rsatkichlardan oshib ketgani haqida xabar berilgandi. Iste’molchilardan elektr ta’minotidagi uzilishlar uchun uzr so‘raldi va elektr energiyasiga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish so‘raldi.
Izohlar