FoxNews’ga ko‘ra, AQShda ilgari qo‘yib yuborilgan va yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlagan O‘zbekistonlik noqonuniy muhojir terrorizmga aloqadorlik gumoni bilan yana qo‘lga olindi.

O‘zbekistonda 31 yoshli Ahror Bozorov 2022-yildan buyon terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan. O‘zbekiston rasmiylariga ko‘ra, u internet orqali jihodga chaqiriqlarni tarqatgan va yollash bilan shug‘ullangan. ICE uni 9-noyabr kuni Kanzasda yuk mashinasini boshqarayotganida hibsga olgan.

Bozorov mamlakatga kiritildi va u Pensilvaniyada tijorat haydovchilik guvohnomasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Shtatda ba’zi toifadagi fuqaro bo‘lmaganlarga qonuniy bo‘lish hujjatlari mavjud bo‘lganda huquq berishga ruxsat beriladi. PennDOT har qanday haydovchilik guvohnomasini faqat real vaqt rejimida SAVE tizimi orqali qonuniyligi tasdiqlangan xorijliklarga berishini ma’lum qildi.

ICE ma’lumotlariga ko‘ra, Bozorov 2023-yil fevral oyida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan, chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan, biroq amaldagi ma’muriyat qo‘lida qo‘yib yuborilgan. Uning hibsga olinishi muhojirlarga tijorat huquqlarini berishga e’tibor kuchaytirilishi fonida sodir bo‘ldi — Floridada noqonuniy yuk mashinasi haydovchisi ishtirokidagi shov-shuvli avariyadan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, Trampning qarorlari tufayli bir millionga yaqin noqonuniy muhojir AQShni tark etgan. Shtatlarda bunday toifadagi shaxslar o‘n milliondan ortiq bo‘lib qolmoqda.