Dunyo

Trampning qarorlari tufayli bir millionga yaqin noqonuniy muhojir AQSHni tark etdi

Shtatlarda bunday toifadagi shaxslar o‘n milliondan ortiq bo‘lib qolmoqda.

Trampning qarorlari tufayli bir millionga yaqin noqonuniy muhojir AQSHni tark etdi

2025-yil boshidan beri AQSHni bir millionga yaqin noqonuniy muhojir tark etdi, deb yozadi “TASS” Migratsiya tadqiqotlari markazi hisobotiga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qayta ishlanmagan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2025-yilning yanvar-may oylarida mamlakatda chet elliklarning umumiy soni 957 ming kishiga kamaygan. Bunda migrantlarning ish joyi bor yoki yo‘qligi ushbu faktga ta’sir ko‘rsatmagan. Qayd etilishicha, bunga Trampning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi va huquq-tartibot idoralarining migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha sa’y-harakatlari faollashgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025-yilning may oyida AQSHda 14,8 million noqonuniy muhojir yashagan, bu yanvar oyiga nisbatan 1 millionga kam. Qayd etilishicha, AQSH yetakchisi bir necha bor immigratsiya siyosatini qat’iylashtirish tarafdori bo‘lgan va noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha Amerika tarixidagi eng yirik operatsiyani o‘tkazmoqchi ekanini aytgan. Xususan, Donald Tramp inauguratsiyadan keyinoq Meksika bilan chegarada favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Avvalroq AQSH muhojirlarni “o‘z-o‘zini deportatsiya qilish”ga rozi bo‘lganlarning birinchi samolyotini yuborgani xabar qilingandi. Ko‘ngillilar vatanga bepul yetkazildi, shuningdek, 1000 dollardan to‘langan.

Izohlar

Mavzuga oid