Hodisa

Angrenda 15 yoshli qizning zo‘rlangani haqida xabar bergan shifokorga nisbatan ish ochishmoqchi

Bloger Saodat Abduzakirova rasmiylarni vaziyatga aralashishga chaqirdi.

Angrenda 15 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani ma’lum bo‘lgach, prokuratura qizning ahvoli og‘irligi haqida xabar bergan reanimatolog shifokorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bloger va faol Saodat Abduzakirova ijtimoiy tarmoqlardagi jonli efirida ma’lum qildi.

Jamoatchilik faoli o‘smirning ahvoli haqida birinchi bo‘lib xabar bergan reanimatolog shifokorning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatgani uchun prokuratura unga qarshi ish qo‘zg‘atmoqchiligini aytib, shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash va bolaga yordam berish o‘rniga huquq-tartibot idoralari e’tibori “ma’lumotlarni oshkor qilish”ga qaratilganini ta’kidladi.

Shuningdek, bloger Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, shifokorlarga bosim o‘tkazish emas, balki jinoyatchilarni jazolashga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, voqea 23-iyul kuni Saodat Abduzakirova 15 yoshli qizga nisbatan to‘rt kishi sodir etgani aytilayotgan mudhish jinoyat tafsilotlarini aytib berganidan so‘ng rezonansga sabab bo‘lgandi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan 2025 yil 9 may kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va obmudsman ushbu holatni alohida nazoratga oldi.

Jamoatchilik faoliga ko‘ra, qizga nisbatan 2024-yil avgustdan oktyabrgacha zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgan. Shundan so‘ng, huquqbuzarlar o‘smirga bu haqda kimgadir aytish bilan tahdid qilishgan. Gumonlanuvchilardan biri voyaga yetmagan, ikkinchisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin. Erkaklar o‘z ko‘rsatmalarida jabrlanuvchining o‘zi hamma narsaga rozi bo‘lganini aytishgan.

Faol Saodat Abduzakirovaning ma’lum qilishicha, qizaloq yirtiqlardan abssess boshlangani sababli 28 kg vazn bilan va pampersda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная