Hodisa

Andijonda o‘quvchi qizlar ta’lim muassasasi binosi yonida janjal ko‘tardi

Ertasi kuni mojaroga qizlardan birining otasi aralashib, maktab o‘quvchisiga tan jarohati yetkazgan.

Andijonda maktab o‘quvchilari bevosita ta’lim muassasasi binosi yonida mushtlashdi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 16-aprel kuni “Mustaqillik” mahallasidagi 55-maktab yaqinida sodir bo‘lgan. 13 yoshli ikki o‘quvchi qiz o‘rtasida janjal kelib chiqqan, natijada qizlardan biri raqibasiga yengil tan jarohati yetkazgan. Maktab o‘quvchilarining mushtlashuvi aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, shu sababli huquq-tartibot idoralari vaziyatga qiziqish bildirishdi.

Tartib posbonlari ertasi kuni qizlardan birining otasi boshqa qizi bilan birga o‘quvchi qiz bilan ham janjallashib, unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazganini aniqladi. Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining 1105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudga yuborilgan.

Avvalroq Toshkentda yoshlar bir necha shisha spirtli ichimlik uchun mushtlashgani haqida xabar berilgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tartibbuzarlarni qo‘lga olib, bo‘limga kuzatib qo‘ydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная