Hodisa

Andijonda masjid yonida yuk mashinasi yonib ketdi

Mutaxassislar hodisa sabablarini aniqlamoqda.

Andijonda 30-iyun kuni yo‘lning qoq o‘rtasida noma’lum sababga ko‘ra yuk mashinasi yonib ketdi, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea “Boburshoh” ko‘chasida sodir bo‘lgan. Soat 16:00 larda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “Pistamazor” masjidi yaqinida MAN rusumli yuk mashinasi yonib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Mutaxassislar voqea joyiga soat 16:07 da yetib borgan va 16:09 da yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Soat 16:22 da yong‘in to‘liq o‘chirildi. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda mutaxassislar yong‘in sababi va zarar miqdorini aniqlamoqda.

Avvalroq Toshkentda yo‘lovchi avtobusi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlanayotganda tutun chiqib ketgani haqida xabar berilgandi. Haydovchi o‘t o‘chirgichdan o‘z vaqtida foydalangan va yong‘inning oldi olingan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная