Hodisa

Andijonda ikki nafar ikkinchi sinf o‘quvchisi sun’iy suv havzasida cho‘kib ketdi

Suv havzasi tomchilatib sug‘orish tizimi uchun mo‘ljallangan bo‘lgan, Bosh prokuratura tergov boshlagan.

Фото: Ситуативное

5-iyul kuni Andijon viloyatida fermer xo‘jaligining sun’iy suv havzasida ikki nafar 9 yoshli bola cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Hodisa soat 14:00 atrofida Oltinko‘l tumanidagi Turkiston mavzesida sodir bo‘lgan. 2016-yilda tug‘ilgan 17-maktab o‘quvchilari fermer xo‘jaligi hududidagi suv havzasiga cho‘milishga borib, cho‘kib ketgan. Ma’lum qilinishicha, suv havzasi tomchilatib sug‘orish tizimi uchun mo‘ljallangan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda cho‘milish uchun xavfli o‘nlab joylar aniqlangandi. Shu bilan birga, hokimlik suv havzalarining aniq joylashuvini oshkor qilmagan, poytaxtda esa cho‘milish uchun xavfsiz joylar yetishmayapti. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda cho‘milish uchun o‘ta xavfli 24 ta joy bor.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная