Andijonda erkak qarindoshining mashinasini yoqib yubordi — video
Bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘ldi, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

3-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda kuyov qaynotasinikiga kelib, uning mashinasiga o‘t qo‘ygani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in tungi 01:28 atrofida sodir bo‘lgan. Andijon tumani “Zangibobo” mahallasi Uchko‘prik ko‘chasidagi 48-uyda yashovchi fuqaro ichki ishlar idoralariga uy oldida turgan Nexia-2 rusumli avtomashinasini oilaviy kelishmovchilik sabab sobiq qaynotasi yoqib yuborganini ma’lum qilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 1-qismi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda mast erkak xotiniga benzin sepib, farzandining ko‘z o‘ngida yoqib yuborgandi. Ayolning o‘g‘li bilan ko‘rishishga yo‘l qo‘ymagani ayblanuvchini g‘azablantirgan.
Izohlar